Trampning yangi matbuot kotibi ilk brifingidan so‘ng lavozimini yo‘qotdi

1 daqiqa o'qish379
Trampning yangi matbuot kotibi ilk brifingidan so‘ng lavozimini yo‘qotdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • AQSH Prezidenti Donald Trampning yangi matbuot kotibi Keti Zakariya lavozimga tayinlanganidan besh kun o‘tib, 16 oktyabrda lavozimidan chetlatildi.
  • Uning qisqa faoliyati ilk brifingidagi omadsiz chiqishi va yuridik malakasi bilan bog‘liq savollar ortidan tanqidlar markazida qoldi.
  • Zakariya 2026 yil 9 oktyabrda tayinlangan bo‘lib, uning Oq uydagi ilk va yagona brifingi 13 oktyabrda bo‘lib o‘tgan.

AQSH Prezidenti Donald Trampning yangi matbuot kotibi Keti Zakariya lavozimga tayinlanganidan besh kun o‘tib ishdan ketdi. Uning qisqa faoliyati ilk brifingidagi omadsiz chiqishi va yuridik malakasi bilan bog‘liq savollar ortidan tanqidlar markazida qoldi. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.

Zakariya 2026 yil 9 oktyabrda matbuot kotibi lavozimiga tayinlangan. U bungacha konservativ qarashlari bilan tanilgan sharhlovchi sifatida faoliyat yuritgan. Uning Oq uydagi ilk va yagona brifingi 13 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan.

14 daqiqa davom etgan brifingning taxminan sakkiz daqiqasida Zakariya oldindan tayyorlangan matnni o‘qigan, jurnalistlarning esa atigi uchta savoliga javob bergan. U chiqishi davomida turmush o‘rtog‘i haqida gapirayotib, adashib «prezidentim» deb yuborgan va darhol xatosini tuzatgan.

Shundan so‘ng uning kasbiy malakasi ham muhokamalarga sabab bo‘ldi. Tramp Zakariyani advokat sifatida tanishtirgan bo‘lsa-da, u AQSHda advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi imtihondan o‘tmaganini tan olgan. Zakariya huquqshunoslik bo‘yicha ta’lim olgan, ammo AQSHda advokatlik litsenziyasiga ega emas.

Donald Tramp va uning advokati Alina Habba jurnalistlar qarshisida turibdi.

Uning ilk brifingidan keyingi ommaviy chiqishlari ham tanqidlarga sabab bo‘ldi. 15 oktyabr kuni Tramp jurnalistlar bilan suhbatda Zakariyaga lavozimda qolish-qolmasligini qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qilganini aytdi.

«Rostini aytsam, sizning o‘rningizda bo‘lganimda, buni qayta ko‘rib chiqardim. Keti, sizga bu ish kerakmi? Menimcha, kerak emas», — dedi AQSH prezidenti.

16 oktyabr kuni The New York Times nashri Zakariya lavozimidan chetlatilgani haqida xabar berdi. Oq uy ma’muriyati vakili esa uning boshqa lavozimga o‘tkazilishi mumkinligini bildirgan.

Zakariya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Tramp uchun ishlash sharaf bo‘lganini ta’kidlab, prezidentga minnatdorlik bildirdi.

Uning matbuot kotibi sifatidagi faoliyati atigi besh kun davom etdi. Bu Oq uy matbuot kotiblari tarixidagi eng qisqa muddatlardan biri bo‘ldi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?