Nyu-Yorkda xavfli bakteriya tarqalishi oqibatida oltinchi o‘lim qayd etildi

1 daqiqa o'qish168
Nyu-Yorkda xavfli bakteriya tarqalishi oqibatida oltinchi o‘lim qayd etildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • AQSHning Nyu-York shahridagi Manhettendagi Yuqori Sharqiy hududida kuzatilayotgan legionerlar kasalligi epidemiya oqibatida yana bir inson hayotidan ko'z yumdi va qurbonlar soni olti nafarga yetdi.
  • Shahar Kengashi spikeri Juli Menin oltinchi bemorning vafot etganini tasdiqlab, marhumning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

AQSHning Nyu-York shahrida kuzatilayotgan legionerlar kasalligi bilan bog‘liq epidemiya yana bir inson hayotiga zomin bo‘ldi. Shu tariqa, shaharning Manhettendagi Yuqori Sharqiy (Upper East Side) hududida qayd etilgan ushbu kasallik qurbonlari soni olti nafarga yetdi. Bu haqda mahalliy sog‘liqni saqlash idoralari ma’lum qildi.

Shahar Kengashi spikeri Juli Menin o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida oltinchi bemorning vafoti haqida xabar berib, marhumning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Uning ta’kidlashicha, har bir yo‘qotish mahalliy aholi uchun katta qayg‘u hisoblanadi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 17 iyuldan buyon kasallikning yangi holatlari qayd etilmagan. Mutaxassislar so‘nggi ma’lumotlar epidemiya sezilarli darajada sekinlashganini ko‘rsatayotganini bildirmoqda.

Nyu-York shahar Sog‘liqni saqlash departamenti ma’lumotiga ko‘ra, 2 iyuldan beri jami 90 nafar kishi legionerlar kasalligiga chalingan. Tekshiruvlar davomida shahardagi 77 ta sovutish minorasida Legionella bakteriyasi aniqlangan.

Bakteriya topilgan obyektlar orasida The Met muzeyi, Guggenheim Museum, Marriott mehmonxonasi hamda All Souls Church kabi mashhur binolar ham bor. Tergov doirasida barcha ijobiy natija qayd etilgan binolarga sovutish tizimlarini zudlik bilan tozalash va dezinfeksiya qilish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

Rasmiylarga ko‘ra, barcha zarur sanitariya ishlari 16 iyulga qadar to‘liq yakunlangan. Ayni paytda ham legionerlar kasalligi tashxisi qo‘yilgan olti nafar bemor shifoxonada davolanmoqda. Sog‘liqni saqlash idoralari vaziyatni qat’iy nazoratda ushlab turganini va aholini faqat rasmiy manbalar orqali tarqatilayotgan ma’lumotlarga ishonishga chaqirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?