Gʻarbiy Yevropa aholisida Ukrainani gʻalabaga qadar qoʻllab-quvvatlash xohishi pasaydi

1 daqiqa o'qish106
Gʻarbiy Yevropa aholisida Ukrainani gʻalabaga qadar qoʻllab-quvvatlash xohishi pasaydi
Foto: Globsec
Rossiyaga qarshi urushda Ukraina gʻalabaga qozongunga qadar qoʻllab-quvvatlash istagi Yevropa mamlakatlarida keskin pasayib ketdi, deb yozadi The Guardian.

Dekabr oyida Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Shvetsiya, Daniya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda YouGov soʻrovi oʻtkazilgan. Unga koʻra, “kelishuv” Ukrainaning ayrim hududlarini Moskva nazoratida qoldirishni nazarda tutsa-da, yuqoridagi mamlakatlardan toʻrttasi urushni muzokaralar yoʻli bilan tugatishni ma'qullagan.

Shvetsiyada Ukrainani “gʻalabaga qadar” qoʻllab-quvvatlashga tayyor boʻlganlar ulushi 2023 yil boshida 60 foizdan yuqori boʻlgan darajadan 50 foizga tushgan. Daniyada ularning ulushi 40 foizni tashkil etmoqda, ushbu koʻrsatkich ikki yil oldin 50 foizdan koʻp boʻlgan. Britaniyada esa Ukrainani qoʻllab-quvvatlovchilar 50 foizdan 36 foizga, Germaniyada 28 foizga, Ispaniyada 25 foizga, Fransiyada 23 foizga, Italiyada atigi 15 foizga tushgan.

Shu bilan birga, oxirgi toʻrtta davlatda koʻpchilik Ukraina hududlarini Rossiyaga topshirib, urushni yakunlash uchun ovoz bergan: Germaniyada — 45 foiz, Ispaniyada — 46 foiz, Fransiyada — 43 foiz, Italiyada — 55 foiz.

Yetti mamlakatning barchasida ozchilik Kievga yordamni koʻpaytirish gʻoyasini qoʻllab-quvvatlagan. Mazkur moliyaviy yordam hajmi joriy yilning oktyabr oyi oxiriga kelib 200 milliard dollarga etgan edi.

Yordamni oshirish tarafdorlari Italiyada respondentlarning atigi 11 foiz, Fransiyada — 14 foiz, Ispaniya va Daniyada —17 foiz, Germaniya va Buyuk Britaniyada — 21 foiz, Shvetsiyada — 29 foizini tashkil etgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?