date
views 92

Janubiy Koreya parlamenti prezident vazifasini bajaruvchiga ham impichment e'lon qildi

Janubiy Koreya parlamenti prezident vazifasini bajaruvchiga ham impichment e'lon qildi
Parlament prezident vazifasini bajaruvchi va ayni paytda bosh vazir boʻlgan Xan Dok Suga nisbatan impichment uchun ovoz berdi. MBC telekanaliga koʻra, parlamentdagi 192 kishidan iborat koʻpchilik impichment uchun ovoz bergan.

Janubiy Koreya muxolifati payshanba kuni Xanga impichment e'lon qilish taklifi bilan chiqdi. Bu uning mamlakat konstitutsiyaviy sudiga uchta sudyani tayinlashdan bosh tortganidan keyin sodir boʻldi. Parlament nomzodlar uchun ovoz berdi, biroq Xan hukmron partiya va muxolifat siyosiy murosaga kelmaguncha ularni lavozimga tayinlashdan bosh tortdi.

Sobiq prezident Yun Sok Yolning impichmenti tasdiqlanishi sud tarkibiga bogʻliq. Sudyalar soni kam boʻlsa, u prezident lavozimida qolishi uchun koʻproq imkoniyatga ega.

Janubiy Koreyadagi siyosiy inqiroz 3 dekabr kuni prezident Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat e'lon qilganidan keyin boshlangandi. Natijada prezidentga impichment e'lon qilindi. Soʻng u vaqtinchalik lavozimidan chetlatildi.

Xan Dok Su prezident vazifasini bajaruvchi boʻlishidan oldin Bosh vazir lavozimida ishlagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo