Tesla, SpaceX va X kompaniyalari egasi Ilon Mask ittifoqchilari bilan Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmerni 2029 yilda oʻtkaziladigan saylovlarga qadar lavozimidan chetlashtirishni muhokama qilmoqda. Bu haqda Financial Times gazetasi oʻz manbalariga tayanib xabar berdi.
Ma'lumotlarga koʻra, Mask X ijtimoiy tarmogʻidagi «tajovuzkorona postlaridan tashqari», ittifoqchilari bilan Buyuk Britaniyadagi leyboristlar hukumatini beqarorlashtirish masalasini muhokama qilmoqda. «Uning hisoblashicha, Gʻarb tsivilizatsiyasi xavf ostida», — deydi nashr suhbatdoshlaridan biri.
Foto: Financial Times
Mask Starmerni lavozimidan chetlashtirish uchun Buyuk Britaniyadagi muqobil siyosiy harakatlar, xususan, Nayjel Farajning oʻng qanot populistik partiyasi yordam bera olishi mumkinligini oʻrgangan. Nashrning qayd etishicha, Mask, shuningdek, partiya etakchiligi uchun Faraj oʻrniga boshqa nomzod qidirmoqda.
Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ilon Maskni Evropa siyosatiga aralashishda ayblagan edi. «10 yil oldin dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqlardan birining egasi saylovlarga, shu jumladan, Germaniyadagi saylovlarga bevosita aralashishini kim ham tasavvur qilgandi», — degan Fransiya prezidenti. Oʻz navbatida Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro Evropa komissiyasini amerikalik tadbirkor Ilon Maskka nisbatan qattiqroq chora koʻrishga chaqirdi.
Shuningdek, Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styore ham Maskning siyosatga aralashuvidan xavotirda ekanini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Salome Zurabishvili haliyam oʻzini Gurjiston prezidenti deb atamoqda
Tramp Ukrainaning NATOga qoʻshilish masalasini "yopiq" dedi
Britaniyaliklar Afgʻonistonda jangga layoqatli erkaklarni qasddan oʻldirgani aniqlandi
Belgiya bosh vaziriga zaharli modda solingan maktub keldi
Tramp jamoasi Ukrainadagi mojaroni qanday hal qilmoqchi?
Ukraina qurolli kuchlari yollanma askarlar armiyasiga aylandi
Hisobot: Ukraina magʻlubiyati AQShga qimmatga tushadi
Tramp butun materikni egallamoqchi: hamma hayratda