Foto: The New York Times
Donald Tramp 2024 yilgi prezidentlik saylovida gʻalaba qozonmaganida davlat toʻntarishiga urinishda aybdor deb topilgan boʻlardi. Bu haqda Trampga qarshi 2020 yilgi prezidentlik saylovidagi magʻlubiyatdan keyin hokimiyatni egallab olishga urinish va maxfiy hujjatlarni noqonuniy ushlab turish ishlari yuzasidan tergov olib borgan maxsus prokuror Jek Smit hisobotida aytiladi, deb yozdi The New York Times.
14 yanvar kuni Adliya vazirligi Smit jamoasining tergov natijalarini aks ettiruvchi hisobotni e'lon qildi.
Hisobotning birinchi qismida Trampning harakatlari, jumladan, rasmiylarga bosim oʻtkazish, muqobil saylovchilarni topish va tarafdorlarini saylov natijalariga norozilik bildirishga undash harakatlari tasvirlangan.
«Agar Tramp prezident sifatida saylanmaganida… topilgan dalillar sudda unga nisbatan hukm chiqarish uchun etarli boʻlar edi», deyiladi hisobotda.
Smit hisobotining Trampga nisbatan maxfiy hujjatlarni noqonuniy saqlanishi boʻyicha tergov tafsilotlari aks ettirilgan ikkinchi qismi maxfiylashtirilgan. Chunki uning sheriklariga nisbatan sud mahkamalari davom etmoqda.
Smit oʻz hisobotida Trampning «erkin va adolatli saylov» natijalarini bekor qilishga urinishlari haqida yozgan. Shuningdek, 2020 yil noyabr oyida boʻlib oʻtgan saylov kunidan 2021 yil 6 yanvargacha boʻlgan davrda Tramp «raqiblariga qarshi zoʻravonlikni qoʻllab-quvvatlaganini» ta'kidlagan. Aynan shu kuni uning tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirgan edi.
Smit Kapitoliyga qilingan hujumda Trampni aybladi. Hisobotda u, boshqa narsalar qatorida, hujum ishi boʻyicha bir necha ayblanuvchilarning Tramp nomidan ish tutayotganini oʻylaganligi haqida aytgan soʻzlarini keltirdi.
Maxsus prokuror Jek Smit 11 yanvar kuni iste'foga chiqdi. Donald Tramp 2024 yil noyabrida boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovida gʻalaba qozonganidan soʻng, Smit Vashingtondagi federal sudyaga Trampga qoʻyilgan barcha ayblovlarni olib tashlash toʻgʻrisida iltimosnoma bilan murojaat qildi. Chunki Adliya vazirligi amaldagi prezidentni jinoiy javobgarlikka torta olmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Taniqli bloger TikTokni sotib olmoqchi(mi?)
Rossiya sudi Googleʼni 8 mlrd rubl jarimaga tortdi
Janubiy Koreya prezidenti hibsga olindi
General Kirillovga suiqasd ishi boʻyicha yangi ayblanuvchilar paydo boʻldi
AQShning Xitoy kompaniyalari haqidagi bayonoti
Ilon Mask Oq uyga Tramp bilan birgalikda koʻchib oʻtishni rejalashtirmoqda