Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi mamlakatdagi harbiy-dengiz kuchlarining maxfiy erosti bazasini namoyish qildi. Bu haqda Tasnim xabar berdi.
Baza Fors koʻrfazi qirgʻogʻida er ostida joylashgan boʻlib, murakkab va uzun tunnellar tizimiga ega. Uning chuqurligi 500 metrga etadi. Inshoot “yaxshi himoyalangan kemalar uchun erosti shahri” deb ta'riflangan.
Bazaning Fors koʻrfaziga bir nechta chiqish yoʻllari mavjud boʻlib, ular kemalarni tezda suvga tushirish imkonini beradi.
“Bu erdagi kemalar soni IIQK harbiy-dengiz kuchlarimizning faqat bir qismini tashkil etadi. Endi bu kuchlar Fors koʻrfazi tashqarisidan keladigan tahdidlarga ham qarshi tura olish imkoniyatiga ega”, deb ta'kidladi korpus rahbari Husayn Salami.
Bu baza Erondagi bir nechta shunga oʻxshash bazalardan biridir. U uzoq masofaga raketa uchirishga va uzoq masofadan jangovar harakatlarni olib borishga qodir kemalar uchun qurilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar