28
Tramp Ukrainada tinchlik oʻrnatish uchun Putinga bosim oʻtkazishi mumkinligini istisno etmadi
Foto: AFP/Getty Images
22 yanvar, chorshanba kuni dpa axborot agentligi xabariga koʻra, AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi urushni toʻxtatish boʻyicha muzokaralardan bosh tortsa, Rossiyaga qarshi «katta ehtimol bilan» yangi sanktsiyalar joriy etishini aytdi.
Oq uy rahbari seshanba kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Rossiya etakchisi va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan «oʻzlari xohlagan vaqtda» uchrashishga tayyorligini ta'kidladi. Tramp, shuningdek, Ukrainadagi urush qurbonlarining rasmiy sonini yana bir bor shubha ostiga oldi. Uning soʻzlariga koʻra, urush allaqachon «millionlab insonlar»ning hayotiga zomin boʻlgan. Shunday qilib, Amerika prezidentining bahosiga koʻra, Moskvaning yoʻqotishlari taxminan 800 ming kishini, Kiyevniki esa 600-700 ming kishini tashkil etadi.
Tramp, shuningdek, Qoʻshma Shtatlar Ukrainaga yordam koʻrsatishda NATOning boshqa davlatlari bilan solishtirganda nomutanosib darajada yuqori moliyaviy yuk koʻtarayotganini yana tanqid qildi va alyans hamkorlarini mudofaa xarajatlarini YaIMning 5 foizigacha oshirishga chaqirdi. «Bu biz haqimizda emas, balki ular haqida. Bizning oramizda okean bor, shunday emasmi? Bu kichik narsa okean deb ataladi», dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar