10:48 / 22.01.2025
62

Turkiyadagi mehmonxonada yuz bergan yongʻin qurbonlari soni 76 nafarga etdi (video)

Turkiyadagi mehmonxonada yuz bergan yongʻin qurbonlari soni 76 nafarga etdi (video)
Foto: Reuters
Turkiyaning Kartalkaya togʻ-changʻi kurortidagi mehmonxonada 21 yanvar kuni yongʻin sodir boʻlgandi. Hodisa oqibatida halok boʻlganlar soni 76 kishiga etdi. Bu haqda Haberturk xabar berdi.

Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Erlikaya 52 nafar qurbonning shaxsi aniqlanganini ma'lum qildi. 45 nafar halok boʻlganlarning jasadi oilalarga etkazilgan. Qolganlari hozircha aniqlanmagan. Yongʻin ishi boʻyicha toʻqqiz kishi, jumladan, mehmonxona egasi qoʻlga olingan.

Yongʻin 21 yanvarga oʻtar kechasi Bolu provintsiyasidagi 12 qavatli yogʻoch mehmonxonada sodir boʻldi. Gubernator Abdulaziz Aydin yongʻin toʻrtinchi qavatdagi restoran zonasida sodir boʻlgani va butun binoga tarqalganini aytgan.

Oʻsha paytda mehmonxonada 234 nafar kishi boʻlgan. CNN Turk nashrining xabar berishicha, favqulodda vaziyat kuni oʻquvchilarning ta'tillari tufayli mehmonxona 80-90 foizga toʻlgan.

Xotinim kuygan hidni sezdi. Signal ishlamadi. Biz yuqoriga chiqmoqchi boʻldik, lekin alanga tufayli chiqa olmadik. Biz pastga tushib, koʻchaga chiqdik. Yuqori qavatdagi odamlar qichqirardi. Ular derazalardan choyshablarni chiqargandi”, deydi ijarachi Atakan Elkovan.
Yongʻin sababi hozircha aniqlanmagan, tergov olib borilmoqda, 22 yanvar Turkiyada motam kuni deb e'lon qilingan.

Foto: AP Photo
Kartalkaya kurorti Turkiyaning shimoli-gʻarbiy qismidagi Koroglu togʻlarida, Istanbuldan 270 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Shavkat Mirziyoyev turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdoʻgʻonga togʻ-changʻi kurortidagi yongʻin oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻlgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan hamdardlik yoʻlladi. Qardosh Turkiya etakchisi va xalqiga chuqur ta'ziya izhor etib, davlat rahbari marhumlarning oila a'zolari va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jabrlanganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo