Foto: CNN
AQSh Kongressi Vakillar palatasi a'zosi El Grin prezident Donald Trampning impichmentini muhokama qilish masalasini koʻtardi. Politico’ning yozishicha, siyosatchi bu haqda qonunchilik organi yigʻilishida ma'lum qilgan.
«Prezident Trampga impichment e'lon qilish ustida ishlar allaqachon boshlangan. Shuni ma'lum qilamanki, men razil va qabih takliflari uchun unga qarshi impichment toʻgʻrisidagi qonun loyihasini kiritaman», — deydi kongressmen.
Grinning fikricha, Tramp yaqinda Gʻazo sektori boʻyicha bildirgan bayonoti uchun hokimiyatdan chetlatilishga loyiq.
Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan muzokaralar davomida Gʻazo sektori aholisini Misr va Iordaniyaga koʻchirishni taklif qildi. «Qoʻshma Shtatlar Gʻazo sektorini nazorat qiladi, biz u bilan ishlaymiz. Biz unga egalik qilamiz va u erdagi barcha xavfli portlamagan bombalar va boshqa qurollarni demontaj qilish uchun javobgar boʻlamiz», — dedi Oq uy rahbari.
Eslatib oʻtamiz, Donald Trampga nisbatan birinchi prezidentlik muddatida ham impichment jarayonlari boshlangan edi. Birinchi impichment 2019 yil dekabrida e'lon qilingan. Oʻshanda kongressmenlar Trampni hokimiyatni suiiste'mol qilish va Kongress oʻtkazgan tergovga toʻsqinlik qilishda ayblgan. Biroq Senat impichmentga qarshi ovoz bergan.
2021 yil yanvarda esa AQSh Senati Donald Trampni Kapitoliyga hujum uyushtirilishi tufayli boshlangan impichment jarayonida qoralash uchun zarur boʻlgan ovozni yigʻa olmagandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar