06:26 / 14.02.2025
457

Eronning Suriya hukumatini agʻdarish rejasi fosh boʻldi

Eronning Suriya hukumatini agʻdarish rejasi fosh boʻldi
Suriya televideniyesi turk manbalariga tayanib, Eronning prezident Ahmad ash-Shar'ni yoʻq qilish va davlat toʻntarishi uyushtirish rejasi haqida xabar berdi.

Bu fitna Iroqning Najaf shahrida muhokama qilingani, unga eronlik generallar, suriyalik sobiq zobitlar va shia tadbirkorlari jalb etilgani aytilmoqda.

Reja PKK, IShID va Hizbullohni qoʻllab-quvvatlash, nizolarni qoʻzgʻatish va PKK bilan hujumlarni muvofiqlashtirishni oʻz ichiga oladi.

Eron, shuningdek, Afgʻoniston va Pokistondagi shia jangarilarini PKK nazoratidagi hududlardan foydalanib mamlakat hududiga kiritgan holda, tartibsizlik va xalqaro aralashuvni qoʻzgʻatmoqchi, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo