22:18 / 18.03.2025
130

Gollivud yulduzi Ben Afflek o‘g‘liga 6 ming dollarlik krossovkani nega olib bermadi?

Gollivud yulduzi Ben Afflek o‘g‘liga 6 ming dollarlik krossovkani nega olib bermadi?
Ko‘plab yulduzlar bolalarini hech narsada cheklamaydilar. Ammo Ben Afflek ulardan emas. Los-Anjelesdagi krossovkalar ko‘rgazmasida u o‘g‘li Semyuel uchun 6000 dollarlik poyabzal sotib olib bermadi.

“Menda pul bor, senda esa yo‘q! Ularni olish uchun sen ko‘p o‘t o‘rishing kerak”, dedi yulduz o‘g‘lining iltimosiga.

Foto Europaplus
Gap Dior krossovkalari haqida borardi, Sem brendi va narxi tufayli ularni xarid qilgisi kelgandi. Har holda Ben Afflek shunday deb o‘ylagan. O‘g‘li otasini uzoq vaqtdan beri xuddi shunday krossovkalar istayotganiga ishontirishga harakat qildi:

“Ha, ular chidamli! Men har doim ular yaxshi ko‘rinishga ega ekanligini aytganman”.

Ben bolalar kichikligidanoq biron narsani xarid qilish uchun pul kerakligini, pullarni esa faqat ishlab topish mumkinligini tushunishi kerak deb hisoblaydi.

“O‘tlarni o‘rishi kerakligini aytganimda nima bo‘lishini bilaman. Birdan krossovkalar kerak bo‘lmay qoladi”, deydi aktyor.

Foto Europaplus
Ko‘plab muxlislar aktyorning tarbiyalash uslubini ma’qullagan. Ular bu haqda videoga qoldirgan izohlarda yozgan:

“Aktyorning o‘z farzandlariga an’anaviy qiymatlarni singdirishga harakat qilayotganini ko‘rish yoqimli”, deb yozadi internet foydalanuvchilari.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo