date 17:02 / 07.04.2025
views 119

Dubaydagi mashhur musiqali favvora 5 oyga yopiladi

Dubaydagi mashhur musiqali favvora 5 oyga yopiladi
Shov-shuvlar shahri — Dubayning yuragida joylashgan, dunyoning eng katta va mashhur musiqali favvorasi tez orada o‘z eshiklarini vaqtincha yopadi. “Burj Xalifa”ning qo‘l ostisida joylashgan bu favvora 20 apreldan boshlab besh oylik rekonstruksiyaga yuz tutadi.

Shu munosabat bilan, 19 aprel kuni unda katta “so‘nggi shou” bo‘lib o‘tadi. Bu — bir necha oygacha so‘ngan nurlar va tingan musiqa oldidan tomoshabinlarga taqdim etiladigan oxirgi sehrli lahza bo‘ladi. Agar siz hali ushbu manzarani ko‘rmagan bo‘lsangiz — aynan endi vaqt keldi!

Ta’mirlash ishlari uchun mas’ul bo‘lgan “Emaar” kompaniyasi avvalroq bu jarayon besh oy davom etadi, deb ma’lum qilgan. Ammo favvora rejadan ertaroq yopilayotgani uning yanada uzoqroq to‘xtab turish ehtimolini oshirmoqda. Har holda, rasmiylar hozircha bu borada aniq javob berishmagan.

Ayni paytda favvora har kuni 18:00 dan 23:00 gacha har yarim soatda tomoshabinlarga bepul shou namoyish etmoqda. Maykl Jekson, Andrea Bochelli kabi jahon yulduzlarining musiqalari ostida, 140 metr balandlikka suv otiladigan bu shou tom ma’noda qalblarni zabt etadi.

Millionlab sayyohlarni o‘ziga rom etgan bu favvora nafaqat Dubayning, balki butun dunyo turistik xaritasining durdona nuqtasi hisoblanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo