
Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida 21 qavatli turar joy binosida dahshatli yong‘in yuz berdi. Bu haqda mahalliy Yonhap agentligi xabar tarqatdi.
Hodisa natijasida bir kishi halok bo‘lgan va yana olti nafar kishi turli darajadagi jarohatlar olgan. Jarohatlanganlar orasidagi to‘rt kishi, yoshi 50 dan 80 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar tutundan zaharlanish va nafas olishdagi qiyinchiliklar bilan kasalxonaga yetkazilgan. Ularning ikki nafari esa tutundan saqlanish uchun o‘z jonini xavf ostiga qo‘yib, binodan to‘rtinchi qavat balandligidan pastga sakrashga majbur bo‘lgan.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, yong‘inni 60 yoshli erkak ataylab uyushtirgan. U pestitsid sepish uchun mo‘ljallangan maxsus purkagichdan foydalanib, binoga o‘t qo‘ygan va o‘z joniga qasd qilgan. Erkak o‘limidan oldin qoldirgan xatda qizidan bemor bo‘lgan onasiga qarashni iltimos qilgan. Shuningdek, xat ichiga turmush o‘rtog‘ining davolanishi uchun 50 ming von (taxminan 35 AQSH dollari) qo‘yilgan edi.
Politsiya erkakning jasadini to‘rtinchi qavatda aniqlagan va uning barmoq izlari o‘t qo‘yishda ishlatilgan purkagichdagi izlarga mos kelganini tasdiqlagan.
Kuchli yong‘inni bartaraf etish uchun yong‘in o‘chiruvchilar 1,5 soatdan ortiq vaqt davomida harakat qilishgan. Hozirda hodisa bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar