date
views 209

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonliklar «politsiyachi» niqobi ostida talonchilik qildi

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonliklar «politsiyachi» niqobi ostida talonchilik qildi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zlarini politsiyachi sifatida tanishtirib, kurerdan pul talab qilgan ikki o‘zbekistonlik qo‘lga olindi. Bu haqda mahalliy 78.ru nashri xabar tarqatdi.

Ma’lum bo‘lishicha, jabr ko‘rgan shaxs ham O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, kurerlik faoliyati bilan shug‘ullangan. 21 aprel kuni u politsiyaga murojaat qilib, 11 aprel kuni kechki vaqtda ikki noma’lum shaxs o‘zlarini politsiya xodimi deb tanishtirib, unga qurol bilan tahdid qilganini aytgan. Ular jabrlanuvchini giyohvand moddalar saqlash bo‘yicha jinoiy ish ochish bilan qo‘rqitib, undan 100 ming rubl (taxminan 15,5 million so‘m) olib ketishgan.

Ushbu holat bo‘yicha Rossiya Jinoyat kodeksining 162-moddasi (bosqinchilik) 2-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. 21 aprel kuni o‘tkazilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ikki gumondor qo‘lga olindi. Ular ham O‘zbekiston fuqarolari ekanligi aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, mart oyidan boshlab Sankt-Peterburg shahrida elektrovelosiped va mopedlarda ishlovchi kurerlarga qarshi muntazam reydlar boshlangan. Ichki ishlar vazirligi mazkur tekshiruvlar doimiy ravishda amalga oshirilishini ma’lum qilgandi. Birinchi reyd kunining o‘zidayoq 13 nafar noqonuniy ishlayotgan kurer ushlangan va 160 dan ziyod transport vositalari musodara qilingan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sankt-Peterburgda o‘zbekistonliklar «politsiyachi» niqobi ostida talonchilik qildi