Yaponiya o‘zbek ishchilarini ko‘proq jalb qilmoqchi

1 daqiqa o'qish1.2K
Yaponiya o‘zbek ishchilarini ko‘proq jalb qilmoqchi
Yaponiya hukumati O‘zbekiston, Hindiston, Shri-Lanka va boshqa Janubiy hamda Markaziy Osiyo davlatlaridan ko‘proq mehnat migrantlarini jalb qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Kursiv.media.

Buning sababi — Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan, xususan Vyetnam va Xitoydan kelayotgan ishchilar soni kamayib bormoqda.

Shu munosabat bilan, yapon kompaniyasi Onodera User Run O‘zbekiston Mehnat migratsiyasi agentligi bilan hamkorlik bitimini imzoladi. Kompaniya o‘zbekistonlik yoshlarga yapon tilini o‘rgatadi va imtihondan muvaffaqiyatli o‘tganlarga Yaponiyada ish topishda yordam beradi. Har yili taxminan 200 nafar kishi restoran va qariyalar parvarishi sohalarida ishlash uchun tayyorlanadi.

Shuningdek, O‘zbekistonda Yaponiyada ishlashni istaganlar uchun uchta yapon tili o‘rganish markazi ochildi. Ular yaponiyalik talabalar va xorijlik ishchilarga yordam beruvchi kompaniya tomonidan tashkil etilgan. Hozirda Yaponiyada atigi 346 nafar o‘zbekistonlik ishchi faoliyat yuritmoqda.

Xitoy va Vyetnamdan ishchi kuchi kamaygani bois, Yaponiyada zarur mutaxassislarni topish tobora qiyinlashmoqda. Shu bilan birga, Janubiy Koreya va Tayvan ham xorijiy ishchilarni jalb qilishda kuchli raqobat olib bormoqda, chunki u yerda ham ish haqlari oshmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?