Ostonada derazadan pullar sochildi, yuqori martabali amaldorlar ushlandi

2 daqiqa o'qish6
Ostonada derazadan pullar sochildi, yuqori martabali amaldorlar ushlandi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Ostona shahridagi «Atlant-6» turar joy majmuasi yaqinidan AQSH dollari solingan chamadonlar topilishi ortidan «Qazaqstan temir joli» rahbari Yeljas Otinshiyev va «Samruk-Qazina» jamg‘armasi rahbari Nurlan Jakupov qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqaldi.
  • Har ikki rahbar juda ko‘p miqdorda pora olishga urinishda gumon qilinmoqda va bitta jinoyat ishi doirasida tergovga jalb etilgan bo‘lishi mumkin.

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahridagi turar joy majmuasi yaqinidan AQSH dollari solingan bir nechta chamadon topildi. Bu voqea ortidan mamlakatning ikkita yirik davlat tuzilmasi — «Qazaqstan temir joli» milliy kompaniyasi va «Samruk-Qazina» jamg‘armasi rahbarlari qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqaldi.

«Centralmedia24» nashrining ma’lum qilishicha, pullar poytaxtning Yesil tumanidagi Qunayev ko‘chasida joylashgan «Atlant-6» turar joy majmuasi yaqinidan aniqlangan. Hodisa haqidagi xabardan so‘ng voqea joyiga politsiya xodimlari yetib kelgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa dollar solingan chamadonlar turar joy binosining derazasidan pastga uloqtirilgani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Biroq hozircha bu taxmin rasmiy idoralar tomonidan tasdiqlangani yo‘q.

Mazkur voqea fonida «Centralmedia24» nashri o‘z manbalariga tayanib, «Qazaqstan temir joli» boshqaruvi raisi Yeljas Otinshiyev hamda «Samruk-Qazina» milliy farovonlik jamg‘armasi rahbari Nurlan Jakupov qo‘lga olingani haqida xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Yeljas Otinshiyev Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari tomonidan poytaxtdagi «Tanjir» launj-barida ushlangan. Jurnalistlar suhbatlashgan manbalarning ta’kidlashicha, har ikki rahbar juda ko‘p miqdorda pora olishga urinishda gumonlanmoqda. Shuningdek, ularning bitta jinoyat ishi doirasida tergovga jalb qilingan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Kostyum-shimdagi ikki erkakning yonma-yon portretlari.

Biroq qo‘lga olishlar bilan turar joy majmuasi yaqinidan topilgan dollarlar o‘rtasida bog‘liqlik borligi hozircha rasman tasdiqlanmagan.

«Samruk-Qazina» jamg‘armasi matbuot xizmati «Tengrinews.kz» nashrining Nurlan Jakupov qo‘lga olingani haqidagi so‘roviga javoban bu ma’lumotni na tasdiqladi, na inkor etdi. Jamg‘arma vakillari vakolatli davlat organlari tomonidan rasmiy axborot berilmaguncha hodisa yuzasidan izoh berishdan tiyilishlarini bildirgan.

Ma’lumot uchun, Yeljas Otinshiyev 2026 yil iyul oyida Qozog‘istonning milliy temir yo‘l kompaniyasiga rahbar etib tayinlangan. Ushbu lavozimga kelguniga qadar «Samruk-Qazina» guruhida turli rahbarlik vazifalarida ishlagan.

Nurlan Jakupov esa 2023 yildan buyon «Samruk-Qazina» milliy farovonlik jamg‘armasiga rahbarlik qilib kelmoqda. Mazkur jamg‘arma Qozog‘istonning eng yirik davlat aktivlarini boshqaradi. Uning tasarrufida neft-gaz, transport, energetika va telekommunikatsiya sohalarida faoliyat yurituvchi yirik korxonalar mavjud.

Ayni paytda topilgan dollarlarning aniq miqdori, ular kimga tegishli ekani va qanday sharoitda turar joy majmuasi yaqinida paydo bo‘lgani aniqlashtirilmoqda. Material e’lon qilingan vaqtda Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar ehtimoliy qo‘lga olishlar yuzasidan rasmiy bayonot bermagan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?