date

Qoraqalpog‘iston va Qashqadaryoda ishga joylashishda firibgarlik aniqlandi

Qoraqalpog‘iston va Qashqadaryoda ishga joylashishda firibgarlik aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirlar davomida ishga joylashtirish bilan bog‘liq ikki holat fosh etildi.

Ma’lum qilinishicha, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filiali xodimasi Z.K. fuqaro A.A.ni ishga qabul qilib qo‘yish evaziga 32 million so‘m olgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan tezkor harakatlar vaqtida Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i X.Q. ham ushlangan. U fuqaro U.Q.ni tanishlari orqali tuman markaziy poliklinikasiga joylashtirish uchun 1 000 AQSH dollari olgani aniqlangan.

Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari boshlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qoraqalpog‘iston va Qashqadaryoda ishga joylashishda firibgarlik aniqlandi