Xitoylik olimlar Oy tuprog‘idan qurilish g‘ishtlarini tayyorlay oladigan dunyodagi ilk qurilma prototipini ishlab chiqishdi. Yangi dastgoh Xefey shahridagi Butunjahon ishlab chiqarish sanoati konferensiyasida taqdim etilgani haqida “Sinxua” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma quyosh energiyasida ishlaydi va nurlarni 3000 marta kuchliroq fokuslaydi. Bu jarayon natijasida regolit eritilib, mustahkam g‘ishtlarga aylantiriladi.
Mutaxassislar fikricha, Oyda to‘g‘ridan to‘g‘ri qurilish materiallari tayyorlash — stansiya va infratuzilma qurishda asosiy qadam hisoblanadi. Loyiha 2035-yilga qadar baza majmuasi qurilishini, 2040-yillarda esa kengaytirishni nazarda tutadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar