date

Xitoyda dunyodagi eng baland osma ko‘prik ochilish arafasida

Xitoyda dunyodagi eng baland osma ko‘prik ochilish arafasida

Xitoy yana bir global me’moriy rekordni o‘rnatdi. Mamlakatda dunyodagi eng baland ko‘prik qurilib, uning rasmiy ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu haqda CGTN telekanali ma’lum qildi.

Mazkur ulkan inshoot Xitoyning janubi-g‘arbidagi Guychjou vodiysida, Lyuchji–Anlong yo‘li ustida barpo etilgan. U Xuatszyan Grand Kanoni ustidan o‘tib, daradan 625 metr balandlikka ko‘tarilgani bois allaqachon rekordchi maqomiga ega bo‘ldi.

Ko‘prikning umumiy uzunligi 2,9 kilometrni tashkil etib, asosiy o‘q qismi 1,4 kilometrga teng. Uning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari po‘latdan ishlangan bo‘lib, og‘irligi taxminan 22 ming tonna bo‘lgan 93 ta segmentdan iborat. Bu ko‘rsatkich ikkita Eyfel minorasi og‘irligiga barobar.

Qurilish ishlari 2022-yil boshida start olgan. Loyiha nafaqat mintaqaning asosiy transport arteriyasi sifatida, balki sayyohlar uchun noyob manzarali yo‘nalish sifatida ham e’tirof etilmoqda.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, yangi ko‘prik foydalanishga topshirilgandan so‘ng haydovchilar uchun katta qulaylik yaratadi. Avval ikki soat davom etgan yo‘l endi ikki daqiqagacha qisqaradi. Ko‘prikning rasmiy ochilishi 28-sentyabr, yakshanba kuni belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda dunyodagi eng baland osma ko‘prik ochilish arafasida