date

Italiyada yer ostida ulkan yashirin sigaret zavodi fosh qilindi

Italiyada yer ostida ulkan yashirin sigaret zavodi fosh qilindi

Italiyaning Ankona provinsiyasida Moliyaviy gvardiya mamlakat tarixida ilgari ko‘rilmagan ko‘lamdagi yashirin sigaret ishlab chiqarish majmuasini aniqladi. Bu haqda L’Unione Sarda nashri 26-sentyabr kuni ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yer ostidagi katta hajmli bunker juda mohirlik bilan yashirilgan bo‘lib, u 1,6 ming kvadrat metrdan ortiq maydonni egallagan. Maxfiy zavodga kirish maxsus gidravlik tizim orqali amalga oshirilgan va u ishlab chiqarish jarayonini tashqi ko‘zdan komil darajada berkitib turgan.

Ichkarida esa zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan uchta ishlab chiqarish liniyasi faoliyat yuritib, yillik quvvati qariyb 2,7 milliard dona sigaret tayyorlash imkoniga ega bo‘lgan. Bu kunlik hisobda taxminan 7,2 million dona maxsulotni anglatadi.

Tekshiruv paytida ombordan 150 tonnadan ortiq soxta tamaki, 170 tonnadan ziyod ishlab chiqarish materiallari, yuz minglab filtrlar, millionlab karton qutilar va turli texnik jihozlar topildi. Zavodning umumiy qiymati 1,75 million yevroga baholangan, ishlab chiqarish quvvati esa daqiqasiga 5 ming sigaret tayyorlash darajasiga yetgan.

Tergovchilarni hayratga solgan jihatlardan yana biri — bunkerda ishchilar uchun 18 ta karavot, hammom, dush xonalari, oshxona va hatto ta’mir ustaxonasi mavjud bo‘lgani. Bu ularning uzluksiz smenada ishlashini ta’minlab, maxfiy ishlab chiqarishni to‘xtovsiz davom ettirish imkonini bergan.

Qo‘shimcha ravishda, yaqin atrofda qalbaki mahsulotlarni saqlash uchun ishlatilgan omborxonalar topilib, u yerdan ikki avtomobil va to‘rt yarim tirkama musodara qilindi. Ular ichida qalbaki sigaretlar jamlangan bo‘lib, umumiy qiymati 620 ming yevroga teng, bozor hisobida esa qariyb 47,4 million yevroga baholangan mahsulotlar olingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiyada yer ostida ulkan yashirin sigaret zavodi fosh qilindi