Kanadada okeanarium 30 kitni yo‘q qilish bilan tahdid qildi

1 daqiqa o'qish925
Kanadada okeanarium 30 kitni yo‘q qilish bilan tahdid qildi

Kanadaning mashhur Marineland okeanariumi og‘ir moliyaviy inqiroz sabab 30 ta kitni nobud qilish bilan tahdid qildi, deb xabar berdi Bild.

Rahbariyat xabar bildirishicha, agar federal hukumat yordam ko‘rsatmasa yoki hayvonlarni chet elga olib chiqishga ruxsat bermasa, ular “halokatli qaror” qabul qilishga majbur bo‘ladi. Bu haqda hukumatga yuborilgan rasmiy maktubda ma’lum qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Marineland avval Xitoydagi Chimelong Ocean Kingdom bog‘iga hayvonlarni topshirishga uringan, ammo Kanada baliqchilik vaziri Joan Tompson bu taklifni rad etgan. Uning ta’kidlashicha, “kitlar asirlikda yana azob chekishiga yo‘l qo‘yilmaydi”.

Okeanarium ilgari ham tanqid ostida bo‘lgan — 2019-yildan buyon u yerda 20 ta kit halok bo‘lgan. Bu yil yozda esa Marineland eshiklarini ochmadi va sotuvga qo‘yilishi haqida ma’lum qilindi.

Ontario bosh vaziri Dag Ford hayvonlarni qutqarish uchun barcha choralar ko‘rilishini aytdi. Huquq himoyachilari esa rahbariyatni “shantaj”da ayblab, javobgarlikka tortishni talab qilmoqda.

Animal Justice vakili Kamilla Labchak: “Marineland yillar davomida bu hayvonlar azobidan foyda ko‘rdi. Endi ular bir marta bo‘lsa ham mas’uliyatli qaror qabul qilishi kerak”, dedi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?