
Daniya tashqi ishlar vaziri Lars Lyokke Rasmussen Misr poytaxti Qohirada bo‘lib o‘tgan Katta Misr muzeyi ochilish marosimida o‘z hamkasbiga antiqa sovg‘a taqdim etdi. Uning sovg‘asi — Giza piramidasi shaklidagi LEGO to‘plami bo‘ldi.
Ommaviy axborot vositalari yozishicha, Lyokke Rasmussen bu to‘plamni Daniya bilan Misr o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni ramz sifatida olib kelganini ta’kidlagan.
Misr tashqi ishlar vaziri Badr Abdullatiy esa sovg‘adan juda mamnun bo‘lganini bildirib, bu kabi ijodiy va ramziy tuhfani yuqori baholagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar