Hindistonning Karnataka shtati Maragundi tumanidagi Darvad qishlog‘i fuqarosi o‘z dafn marosimiga ketishda «tirildi», deb yozadi Sof.uz sayti.
Bir oy avval 17 yoshli Kumar Marevadni daydi it qopib olgan, shundan so‘ng bir necha hafta davomida baland harorat bilan isitmalagan edi. Uning ahvoli keskin yomonlashgach, uni kasalxonaga yotiqizishgan, so‘ng esa o‘pkalarni sun’iy ventilyasiyalash apparatiga ulashgan edi.
Kasalxonada o‘smirni jonlantirish bo‘limiga yotqizishdi. Tibbiyot xodimlari u hayot bilan ta’minlash qurilmasisiz omon qolmasligini xabar qilishgan, biroq yaqinlari murakkab moddiy holat tufayli davolash muolajalarini to‘xtatishga qaror qilishdi hamda o‘g‘illarini uyga olib ketishgan. U bir qancha vaqtdan so‘ng olamdan o‘tgandek tasavvur uyg‘otgan hamda ota-onasi uni hayotdan ko‘z yumdi, deb o‘ylashgan.
Keyinroq yigitda harakatlanish va nafas olish belgilarini ko‘rmagach, yaqinlari uni o‘ldiga chiqargan va milliy udumlarga muvofiq dafn marosimini tashkillashtirgan. Biroq «murda» marosim joyiga borish yo‘lida ko‘zini ochib, qo‘l-oyoqlarini qimirlatdi va tez-tez nafas ola boshladi.
Shifokorlarning ma’lumotiga ko‘ra, u ayni damda meningoensefalit tashxisi bilan kasalxonaga joylashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»