Gvatemalada 15 yoshli qiz vidolashuv marosimida tobut ichida tirildi (video)

Gvatemalada 15 yoshli Yuleydi ismli qiz otasi uni vafot etgan deb hisoblaganidan sakkiz soat o‘tib, vidolashuv marosimi vaqtida o‘ziga keldi. Bu haqda Zakon.kz xabar berdi.
Nashrning yozishicha, qiz tibbiyot markaziga ketayotgan mashinada o‘zini yomon his qilgan. Uning otasi, yevangelist ruhoniy qizining tomir urishini va nafas olishini tekshirgan, ammo hayot alomatlarini sezmagan. Shu bilan birga, shifokor qiz vafot etganini tasdiqlamagan va rasmiy o‘lim haqidagi guvohnoma ham berilmagan.
Qarindoshlari uyda vidolashuv marosimini tashkil qilgan. Qizning onasi tobut ustiga engashganida, uning ichida harakat borligini sezgan. Shundan so‘ng yaqinlari tobut qopqog‘ini ochib, qizga tashqariga chiqishga yordam berishgan.
«Tirik qolganim uchun Xudoga va ota-onamga minnatdorchilik bildiraman», — degan Yuleydi.
Xorijiy ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, qiz hushiga kelganidan keyin uyida bo‘lgan va sog‘ayib borayotgani aytilgan. Gvatemala rasmiylari hozircha ushbu voqea yuzasidan izoh bermagan.






























Izohlar 0
…