Pokistonda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi

Janubiy Pokiston hududida og‘ir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Xususan, Sind viloyatiga qarashli Xayrpur tumanida avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
Mahalliy politsiya ma’lumotlariga tayangan holda Dawn gazetasi xabar berishicha, hodisa oqibatida kamida 11 nafar kishi halok bo‘lgan, yana 8 kishi turli darajada jarohat olgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qayd etishicha, avariyaga avtobus haydovchisining ehtiyotsiz harakati sabab bo‘lgan. Jabrlanganlar zudlik bilan yaqin atrofdagi shifoxonalarga yetkazilgan.
Ayni paytda hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing