Qoidaga amal qilgan skuter va mopedchilar sovg‘a bilan taqdirlanmoqda

Qoidaga amal qilgan skuter va mopedchilar sovg‘a bilan taqdirlanmoqda

Qashqadaryo viloyatida skuter va moped haydovchilari o‘rtasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Viloyat IIB JXX YHXB xodimlari yo‘l harakati qoidalariga rioya qilayotgan namunali haydovchilarni aniqlab, ularga esdalik sovg‘alari topshirmoqda. Shu bilan birga, haydovchilarga himoya vositalaridan foydalanish, belgilangan tezlik me’yorlariga amal qilish va yo‘lda xavfsiz harakatlanish bo‘yicha tushuntirishlar berilmoqda.

Bundan tashqari, skuter va moped savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan ham targ‘ibot ishlari tashkil etilmoqda. Ularga xaridorlarga transport vositasining jamlanmasida ko‘rsatilgan xavfsizlik shlemi va nur qaytaruvchi kamzulni to‘liq taqdim etish, shuningdek, oldi-sotdi hamda boshqa zarur hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish lozimligi tushuntirilmoqda.

Mutasaddilar haydovchilarni yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish, himoya vositalaridan foydalanish va yo‘lda xavfsizlik talablariga amal qilishga chaqirmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar