Pekinda gumanoid robotlar o‘rtasida raqs musobaqasi ham o‘tkazildi (video)

Pekinda gumanoid robotlar o‘rtasida raqs musobaqasi ham o‘tkazildi (video)

Xitoy poytaxti Pekin shahrida II Jahon gumanoid robotlar o‘yinlari doirasida robotlar o‘rtasida raqs musobaqalari tashkil etildi. Unda gumanoid robotlar turli raqs uslublaridagi harakatlarini namoyish etib, o‘zining muvozanat va harakat imkoniyatlarini ko‘rsatdi.

Musobaqa dasturidan ko‘cha raqsi, cherliding va raqs sporti kabi yo‘nalishlar o‘rin olgan. Raqs sportida esa ikki gumanoid robotdan iborat jamoalar vals yoki samba ijro etish orqali bellashgan.

II Jahon gumanoid robotlar o‘yinlari 22–26 avgust kunlari Pekindagi Milliy tezkor konkida uchish arenasida bo‘lib o‘tgan. Musobaqada 16 mamlakatdan 666 ta jamoa va 2056 ta robot ishtirok etgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar