Pokistonda to‘ylarni endi gorillalar qizdirmoqda

Pokistonda to‘ylarni endi gorillalar qizdirmoqda

Pokistonda to‘y va boshqa tadbirlarda gorilla kostyumidagi raqqoslarning chiqishi yangi trendga aylanmoqda. Lahorda faoliyat yurituvchi maxsus xizmatlar to‘ylar, tug‘ilgan kunlar va turli bayramlarda mehmonlarni ko‘ngil ochishga chorlayotgan gorilla obrazidagi raqqoslarni taklif qilmoqda.

To‘liq havo bilan shishiriladigan ulkan kostyumlarda chiqish qilayotgan raqqoslar davraga tushib, sakrab raqsga tushadi, mehmonlarni ham o‘ziga qo‘shib, tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videolar esa ushbu noodatiy tomoshaning mashhurligini yanada oshirmoqda.

Qiziq tomoni, gorilla trendi qo‘shni Hindistonda ham 2026 yil boshidan to‘y marosimlarida ommalasha boshlagan. Ayrim to‘ylarda gorilla kostyumidagi raqqoslar kelin-kuyov va mehmonlar bilan birga raqsga tushib, davraning asosiy qahramoniga aylanmoqda.

Trend nafaqat to‘ylarda, balki tug‘ilgan kunlar va universitet tadbirlari kabi boshqa marosimlarda ham ko‘rinish bera boshlagan. Pokistonning Dawn nashri bunday chiqishlar universitet tadbirlari va turli bayramlarga ham kirib kelayotganini qayd etgan.

Sizningcha, o‘zbek to‘ylarida ham gorilla kostyumidagi raqqoslarning chiqishi qiziq bo‘larmidi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar