date

Polsha armiyasi sonini 500 ming nafarga yetkazishni rejalashtirmoqda

Polsha armiyasi sonini 500 ming nafarga yetkazishni rejalashtirmoqda

Polsha yaqin bir necha yil ichida armiya tarkibini 500 ming nafar harbiygacha kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish generallar bilan o‘tkazilgan yillik yig‘ilishda ma’lum qildi, deb TVP Info xabar berdi.

Vazirning ta’kidlashicha, yarim millionlik armiya shakllantirish bir necha yilga mo‘ljallangan strategik vazifa hisoblanadi. Ushbu maqsad bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Kosinyak-Kamish so‘zlariga ko‘ra, yaqin bir yil davomida asosiy e’tibor jangovar tayyorgarlikka ega zaxira kuchlarini shakllantirishga qaratiladi. Shu maqsadda ayrim fuqarolik oliygohlarida harbiy kafedralar qayta tiklanadi hamda umumiy harbiy tayyorgarlik dasturi joriy etiladi.

Hozirgi vaqtda Polsha Qurolli kuchlarida 218 ming nafar askar va ofitser xizmat qilmoqda. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat NATOda AQSH va Turkiyadan keyin uchinchi o‘rinni egallaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Polsha armiyasi sonini 500 ming nafarga yetkazishni rejalashtirmoqda