Koreys doramalarida mashhur bo‘lgan Jeju mandarinlari O‘zbekistonga keltiriladi

O‘zbekiston bozorlarida endi Janubiy Koreyada yetishtirilgan mandarinlarni ham xarid qilish mumkin bo‘ladi. Hozirga qadar mamlakatimizga asosan Xitoy, Pokiston va Turkiyadan sitrus mevalari olib kelingan bo‘lsa, endilikda ularning qatoriga Koreyaning Jeju orollarida yetishtiriladigan mandarinlar ham qo‘shiladi.
Jeju mandarinlari yupqa po‘sti, shiradorligi va o‘ziga xos shirin-nordon ta’mi bilan ajralib turadi. Koreys seriallari va filmlari muxlislari uchun bu orollar yaxshi tanish. Chunki xalqaro miqyosda mashhurlikka erishgan «Hayot senga mandarin berganda» filmi ham aynan Jejuda suratga olingan. Orol aholisi esa mandarinlarni iste’mol qilishning o‘ziga xos usuliga ega: ularni pechka ustida kartoshka kabi pishirib yeyishadi.
Bu galgi yetkazib berish oddiy importdan ko‘ra kengroq ahamiyatga ega. Chunki Jeju mandarinlari O‘zbekiston bozoriga ilk bor kirib kelmoqda. Dastlabki 2 tonna mahsulot samolyot orqali mamlakatimizga jo‘natilgan. Oy o‘rtalarida esa oroldan yana 39 tonna mandarin olib kelinishi rejalashtirilgan. Mevalar Korzinka savdo tarmog‘i do‘konlarida sotuvga chiqariladi.
O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi ushbu savdo aloqasini yo‘lga qo‘yish uchun bir yil-u to‘qqiz oy vaqt sarflangan. Bunga mahsulotni mamlakatimizga olib kirish uchun zarur bo‘lgan karantin talablarini kelishish va barcha rasmiy jarayonlarni yakunlash zarurati sabab bo‘lgan.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

























Izohlar0
…