“Yashil Orol dengizi” tashabbusi doirasida saksovul ekish ishlari boshlandi

25 fevral kuni “Orol maktabi” ishtirokchilari BMT Taraqqiyot dasturining “Yashil Orol dengizi” tashabbusi doirasida Orol dengizining ochilib qolgan tubida saksovul nihollarini ekish jarayonida qatnashdilar, deb ACDF matbuot xizmati xabar berdi.
Atrof-muhit mutaxassislari va mentorlar bilan birgalikda ish olib borgan ishtirokchilar iqlim o‘zgarishidan eng ko‘p jabr ko‘rgan hududlardan birida yerlarni tiklash ishlariga hissa qo‘shdilar.
Ma’lum qilinishicha, ekilayotgan har bir saksovul sho‘r-chang bo‘ronlariga qarshi tabiiy to‘siq vazifasini bajaradi. U tuproqni mustahkamlaydi va ekotizimning uzoq muddatli barqaror tiklanishiga xizmat qiladi.
BMTTD, ACDF va Aral School qo‘shma tashabbusi doirasida Orol dengizining qurigan tubida 90 ming gektar maydonga saksovul hamda boshqa galofit turlari ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!