Erondagi zarbalar ortidan o‘limlar soni ko‘paydi

AQSh va Isroilning Eronga qarshi uyushtirgan havo hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 1168 kishiga yetgani ma’lum qilindi. Bu haqda Inson huquqlari faollari axborot agentligi tarqatgan xabarda aytilgan.
Keltirilishicha, 28 fevraldan buyon davom etayotgan zarbalar natijasida halok bo‘lganlar orasida 194 nafar voyaga yetmagan ham bor. Shu tariqa, hujumlar oqibatidagi qurbonlar soni yanada oshgani qayd etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi harbiy operasiya boshlagani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shundan so‘ng Eron Isroilga raketa zarbalari yo‘llagan, shuningdek, AQSh harbiy bazalari joylashgan ayrim Yaqin Sharq davlatlariga ham hujum qilgani aytilgan.
Mintaqadagi keskin vaziyat sabab bir qator davlatlar havo hududini vaqtincha yopgan. Shu bilan birga, 28 fevral kungi havo hujumlari oqibatida Eronning Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy o‘z qarorgohida halok bo‘lgani haqida ham xabar berilgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!