Tramp Eron rahbariyati masalasida keskin bayonot berdi

1 daqiqa o'qish1.5K
Tramp Eron rahbariyati masalasida keskin bayonot berdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Eronning yangi oliy rahbari lavozimiga nomzodlar Vashington tomonidan ma'qullanishi kerakligini ta'kidladi. ABC News telekanaliga bergan intervyusida Tramp agar bo'lajak rahbar AQSH roziligini olmasa, u taxtda uzoq qololmasligini ochiqchasiga ma'lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, bu chora kelgusi o'n yilliklarda Eron bilan bog'liq muammolarning qayta takrorlanmasligini ta'minlash uchun zarurdir.

Tramp Eronning hozirgi siyosiy doiralaridan ham munosib nomzodlar chiqishi mumkinligini istisno etmadi. Shu bilan birga, u Ali Xominaiyning o'g'li Mojtabo Xominaiyning hokimiyatga kelishini qo'llab-quvvatlamasligini bildirdi. AQSH prezidenti Eron Yaqin Sharqni bosib olishni rejalashtirayotgani va mintaqada hujumkor siyosat olib borayotganini da'vo qildi.

Eslatib o'tamiz, Eron oliy yetakchisi Ali Xominaiy 28 fevral kuni Isroil va AQSH zarbalari oqibatida vafot etgan edi. Ayni damda mamlakatni prezident Mas'ud Pizishkiyon, Oliy sud raisi G'ulom Husayn Muhsiniy va Eron Fiqh kengashi a'zosi Alirizo A'rofiy tarkibidagi Muvaqqat kengash boshqarib turibdi. Yangi oliy rahbar 88 nafar mujtahiddan iborat Ekspertlar kengashi tomonidan saylanishi belgilangan.

Vaziyat yanada murakkablashmoqda, chunki Isroil mudofaa vaziri Isroel Kats ham Eronning yangi rahbari nishonga aylanishi mumkinligidan ogohlantirgan. Xalqaro hamjamiyat Eron ichki siyosatidagi bu o'zgarishlar mintaqaviy xavfsizlikka qanday ta'sir qilishini diqqat bilan kuzatmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?