Eron Xomanaiy uchun dafn marosimiga hozirlik ko‘rmoqda

Eron hukumati marhum oliy rahbar Oyatulloh Ali Xomanaiy uchun keng qamrovli davlat dafn marosimini tashkil etish ishlarini rasman boshladi. Bu haqda A news nashri xabar tarqatdi.
Ma’lum qilinishicha, marosim mamlakatning AQSH va Isroil bilan urushi tufayli uch oyga kechiktirilgan edi.
Davlat ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, dafn marosimiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida maxsus shtab shakllantirilgan. Ayni paytda turli davlat tashkilotlari marosimni yuqori saviyada o‘tkazish uchun rejalashtirish va tashkiliy ishlar bilan shug‘ullanmoqda.
Xabarda qayd etilishicha, Eronni 30 yildan ziyod boshqargan Xomanaiy 28 fevral kuni urush boshlangan vaqtda AQSH va Isroil tomonidan amalga oshirilgan dastlabki zarbalar paytida halok bo‘lgan. Hujum chog‘ida uning o‘g‘li va vorisi Mujtabo Xomanaiy ham jarohat olgan. U Oliy rahbar lavozimini egallaganidan buyon jamoatchilik oldida ko‘rinish bermagani aytilmoqda.
Joriy yil aprel oyida Xomanaiy xotirasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazilgan bo‘lsa-da, avval rejalashtirilgan davlat dafn marosimi urush sababli bekor qilingan edi.
Rasmiylar ma’lumotiga ko‘ra, marosimning aniq sanasi hozircha belgilanmagan. Shu bilan birga, mutasaddi tashkilotlar “ulkan va tantanali” davlat dafn marosimini o‘tkazish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish ustida ish olib bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!