Asaubayeva: Maoshim uch baravarga qisqartirildi, Prezidentga murojaat qildim (video)

1 daqiqa o'qish316
Asaubayeva: Maoshim uch baravarga qisqartirildi, Prezidentga murojaat qildim (video)
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Qozog'istonlik xalqaro grossmeyster Bibisora Asaubayeva Sport vazirligi tomonidan uning oylik maoshi uch baravarga qisqartirilgani yuzasidan Prezident Qosim-Jomart To'qayevga videomurojaat yo'lladi.
  • Sportchining ta'kidlashicha, Norway Chess 2026 turnirida g'olib chiqqaniga qaramay, musobaqaga tayyorgarlik uning o'z mablag'lari va ota-onasining ko'magi hisobidan qilingan hamda tahlilchilarning mehnati haqlanmagan.

Qozog‘istonlik taniqli shaxmatchi, xalqaro grossmeyster va ayollar o‘rtasidagi jahon reytingi peshqadamlaridan biri Bibisora Asaubayeva mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevga videomurojaat yo‘lladi. Sportchi Sport vazirligi tomonidan uning maoshi uch barobarga qisqartirilganini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida xabar bergan.

Shaxmatchining ta’kidlashicha, nufuzli Norway Chess 2026 turnirida g‘olib chiqqan bo‘lsa-da, mazkur musobaqaga tayyorgarlik ishlari o‘z mablag‘lari va ota-onasining ko‘magi hisobidan amalga oshirilgan. Shuningdek, uning jamoasida faoliyat yuritgan tahlilchilar va sekundantlar mehnati uchun hanuzgacha haq to‘lanmagan.

Bibisora Asaubayeva murojaatida mamlakatda shaxmat bo‘yicha jahon chempionlari juda kam ekanini ta’kidlab, sportchilarni qo‘llab-quvvatlash tizimidagi muammolarga e’tibor qaratgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jahon chempionatidagi g‘alaba uchun Sport vazirligi ajratgan mukofot mablag‘i atigi 2 ming dollardan iborat. Olimpiya o‘yinlari medaldorlari esa 250 ming dollar mukofot oladi.

Shaxmatchi 2023 yildan beri davlat tomonidan berib kelingan maoshi 2025 yilda yangi sport vaziri tayinlanganidan keyin uch baravarga kamaytirilganini ham ma’lum qildi. Shu bilan birga, u Qozog‘iston shaxmat federatsiyasidan hech qachon oylik maosh olmaganini qayd etdi.

Uning aytishicha, joriy yil boshida blits bo‘yicha jahon chempionatida uchinchi oltin medalni qo‘lga kiritib, ayollar o‘rtasidagi Jahon shaxmat toji uchun nomzodlar turniriga yo‘llanma olgan. Biroq muhim musobaqaga munosib tayyorgarlik ko‘rish uchun yetarli mablag‘ ajratilmagani sababli, uning jamoasi masofaviy tarzda ishlashga majbur bo‘lgan.

Asaubayeva davlat tomonidan berilgan qo‘llab-quvvatlash va’dalarining bajarilmagani, shuningdek, turli idoralarga yuborilgan murojaatlari ham javobsiz qolganini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Bibisora Asaubayeva yaqinda Oslo shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli Norway Chess turnirida muddatidan avval chempionlikni ta’minlab, musobaqa tarixida bunday natijaga erishgan ilk qozog‘istonlik shaxmatchi sifatida tarixga kirgan. Shuningdek, yangilangan FIDE reytingiga ko‘ra, u ayollar o‘rtasida jahon reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?