Ishga suzib borish trendga aylandi: Shveysariyada noodatiy hayot tarzi

Ishga suzib borish trendga aylandi: Shveysariyada noodatiy hayot tarzi
Qisqacha

Shveysariyaning Bern va Bazel shaharlarida ba'zi aholi yoz oylarida kundalik yumushlar va ishga borish uchun transport o'rniga daryolardan foydalanishmoqda. Fuqarolar bu jarayonda kiyim-kechak, telefon va hujjatlarini maxsus suv o'tkazmaydigan sumkalarga joylab, oqim yordamida kerakli manzilga suzib bormoqda. Bernda Are daryosi, Bazelda esa Reyn daryosi qo'llaniladigan mazkur odat mamlakatda yozgi turmush tarzining ajralmas qismiga aylangan.

Shveysariyaning Bern va Bazel shaharlarida ayrim aholi yoz oylarida odatdagidan mutlaqo boshqacha usulni tanlaydi. Ular ishga borish yoki kundalik yumushlardan qaytishda transport o‘rniga daryodan foydalanadi.

Ha, bu haqiqat! Ba’zi fuqarolar daryoga tushib, suv oqimi yordamida kerakli manzil sari yo‘l oladi. Bernda bu maqsadda Are daryosi, Bazelda esa Reyn daryosidan foydalaniladi.

Bunday “suzib borish”dan oldin odamlar o‘z buyumlarini maxsus suv o‘tkazmaydigan sumkalarga joylaydi. Unga kiyim-kechak, telefon, hujjatlar va boshqa zarur narsalar solinadi. Natijada suvda harakatlanayotgan paytda ham buyumlari xavfsiz va quruq holda saqlanadi.

Manbalarga ko‘ra, bu odat Shveysariyada yozgi turmush tarzining ajralmas qismiga aylangan. Ko‘pchilik uchun bu nafaqat manzilga yetib olishning noodatiy usuli, balki hordiq chiqarish, dam olish va jaziramadan salqinlashishning o‘ziga xos yo‘li hisoblanadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar