Zilzila mo‘jizasi: 18 kunlik chaqaloq 32 soatdan keyin qutqarildi

Venesuelada yuz bergan dahshatli zilziladan keyin qidiruv-qutqaruv ishlari tinimsiz davom etmoqda. Qutqaruvchilar vayronalar ostidan 18 kunlik chaqaloqni oradan 32 soat o‘tib sog‘-salomat olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi.
Qutqaruv amaliyoti aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, ko‘plab insonlarni hayajonga soldi. Chaqaloqning tirik qolishi tabiiy ofat fonidagi eng quvonchli va umid baxsh etuvchi voqealardan biri sifatida baholanmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 920 nafarga yetgan. Yuzlab odamlar jarohat olgan, yana ko‘plab fuqarolar bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida qolmoqda.
Ayni paytda qutqaruvchilar vayronalar ostida tirik qolganlarni izlash ishlarini davom ettirmoqda. Mutaxassislar har bir daqiqa muhimligini ta’kidlab, qidiruv ishlari tun-u kun to‘xtovsiz olib borilayotganini ma’lum qilmoqda.






























Izohlar 0
…