Gruziya parlamentida mushtlashuv: bahorgi sessiya janjal bilan yopildi

1 daqiqa o'qish251
Gruziya parlamentida mushtlashuv: bahorgi sessiya janjal bilan yopildi

Gruziya parlamentining bahorgi sessiyasi janjal va mushtlashuv bilan yakunlandi.

Yakuniy yalpi majlis hukumatning yillik hisobotiga bag‘ishlandi. Unda Bosh vazir Irakli Kobaxidze deputatlarga hukumatning o‘tgan davrdagi faoliyati yuzasidan ma’lumot berdi.

Biroq majlis oxirida parlament zalida keskin tortishuv yuzaga keldi. Hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi vakillari va “Gruziya uchun” fraksiyasi a’zolari o‘rtasidagi bahs tez orada jismoniy to‘qnashuvga aylandi.

Deputatlar o‘rtasida mushtlashuv boshlanib, vaziyat bir muddat nazoratdan chiqdi. Shunga qaramay, hodisadan so‘ng parlamentning bahorgi sessiyasi davlat madhiyasi ijro etilishi bilan rasman yopildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, parlamentning kuzgi sessiyasi 1 sentyabr kuni boshlanadi. Hozircha favqulodda sessiya chaqirilishi rejalashtirilmagan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?