Rossiyada korrupsiyaviy jinoyatlar uchun mansabdorlarni o‘limga hukm qilish taklif etildi

Rossiyada korrupsiyaviy jinoyatlar uchun mansabdorlarni o‘limga hukm qilish taklif etildi

Rossiya Davlat dumasida ayrim og‘ir korrupsiyaviy jinoyatlar uchun mansabdor shaxslarga nisbatan o‘lim jazosini qo‘llash taklifi ilgari surildi.

“Spravedlivaya Rossiya” partiyasi yetakchisi Sergey Mironovning aytishicha, mansabdorlarning shaxsiy manfaat yo‘lida sodir etgan ayrim harakatlari fuqarolar xavfsizligi va mamlakat mudofaa qobiliyatiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

“Bunday jinoyatlarni davlatga xiyonat va josuslik bilan tenglashtirib, o‘lim jazosi bilan jazolash kerak”, — dedi Mironov RTVI telekanaliga bergan intervyusida.

Taklifga ko‘ra, Rossiya Jinoyat kodeksiga “mamlakat mudofaa qobiliyati va fuqarolar xavfsizligiga zarar yetkazgan korrupsiyaviy faoliyat” nomli yangi jinoyat tarkibi kiritilishi mumkin.

Rossiya qonunchiligida o‘lim jazosi eng og‘ir jazo chorasi sifatida saqlanib qolgan. Biroq 1997 yildan buyon unga nisbatan muddatsiz moratoriy amal qiladi va ushbu jazo amalda qo‘llanilmaydi.

Rossiyada o‘lim jazosi ijro etilgan so‘nggi mahkum “Fisher” taxallusi bilan tanilgan seriyali qotil Sergey Golovkin bo‘lgan. U 1996 yilda otib tashlangan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar