Polshada uch erkak 5-qavatdan tushayotgan qizchani qutqarib qoldi

Polshaning Lomja shahrida uch erkak 5-qavatdagi balkondan tushib ketish xavfi ostida qolgan 4 yoshli qizchani tutib, hayotini saqlab qoldi. Erkaklar qutqaruvchilarni kutmay, bino tagida adyol yoyib, qizcha qulaganida uni tutib olishdi. Voqea kuzatuv kamerasiga tushgan. Tezkor harakat tufayli qizcha jiddiy jarohatlanishdan omon qoldi.
Polshaning Lomja shahrida uch erkak 5-qavatdagi balkondan tushib ketish xavfi ostida qolgan 4 yoshli qizchaning hayotini saqlab qoldi.
Voqea vaqtida qo‘shnilar ko‘p qavatli uyning 5-qavatidagi balkon chetida osilib turgan qizchani ko‘rib qolgan. Qutqaruvchilar yetib kelishini kutib o‘tirmagan erkaklar darhol pastga tushib, uni tutib qolish uchun zarur choralarni ko‘rgan.
Voqea kuzatuv kamerasiga ham muhrlangan. Tasvirlarda uch erkak binoning tagida adyolni yoyib, qizcha qulab tushganida uni tutib qolishga muvaffaq bo‘lgani aks etgan.
Ularning tezkor va jasoratli harakati tufayli qizcha jiddiy jarohatlanishdan omon qolgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, erkaklarning tezkor harakati qizning hayotini saqlab qolgan.






























Izohlar 0
…