Ozarbayjonda ayol 63 yoshida ilk bor ona bo‘ldi

Ozarbayjonda ayol 63 yoshida ilk bor ona bo‘ldi

Ozarbayjonda 63 yoshli ayol 38 yillik intizorlik va urinishlardan keyin ilk bor onalik baxtiga erishdi. Bokudagi shifoxonalardan birida tabiiy yo‘l bilan sog‘lom farzand dunyoga keltirgan ayolning tarixi ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.

Ma’lum qilinishicha, tug‘uruq Bokudagi Respublika shifoxonasida tabiiy yo‘l bilan muvaffaqiyatli o‘tgan. Shifokorlarning ta’kidlashicha, ona ham, chaqaloq ham o‘zini yaxshi his qilmoqda.

«Ayolning ismi Haqiqat. Bir oy avval u 63 yoshga to‘ldi. U qariyb 38 yil davomida homilador bo‘la olmagan. Uning ginekologi — tibbiyot fanlari nomzodi Natiq Maharramov. Kecha u sog‘lom farzandni dunyoga keltirdi», — deya ma’lum qildi tibbiyot muassasasi vakillari.

Qayd etilishicha, bemorning davolovchi shifokori ushbu quvonchli xabarni avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda ham bo‘lishgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayol ko‘p yillik samarasiz urinishlar va uzoq kutilgan orzudan keyin nihoyat farzandini bag‘riga bosish baxtiga muyassar bo‘lgan.

Mazkur holat Ozarbayjonda katta qiziqish uyg‘otdi. 63 yoshida tabiiy yo‘l bilan farzandli bo‘lgan ayolning tarixi uzoq yillik sabr va umidning yorqin namunasi sifatida baholanmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Aziza Shukhratova

Mavzuga oid yangiliklar