Tailandda pikap rohiblarni urib ketdi, sakkiz kishi halok bo‘ldi

Tailandda pikap rohiblarni urib ketdi, sakkiz kishi halok bo‘ldi

Tailandda rohiblar ishtirokidagi fojiali yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, pikap avtomobili bir guruh rohiblarni urib yuborishi oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan, yana 13 nafar rohib turli darajada tan jarohati olgan.

Bu haqda Thai Enquirer ma’lum qildi.

Hodisa 2 iyul kuni Ming tumani hududidagi Xuay Sing qishlog‘i yaqinida yuz bergan. Ma’lum qilinishicha, rohiblar ibodatxonada tushlik qilgach, piyoda boshqa manzil tomon yo‘l olayotgan vaqtda ularga avtomobil kelib urilgan.

Voqea joyiga zudlik bilan politsiya va qutqaruv xizmatlari yetib borib, jarohatlanganlarni shifoxonaga olib ketgan. Hozirda ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarda avtomobilni voyaga yetmagan shaxs boshqargani aytilmoqda. Ayrim manbalarda haydovchi 11 yoshli bola bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan, biroq bu ma’lumot hozircha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan rasman tasdiqlanmagan.

Ayni paytda hodisaning barcha tafsilotlari yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar