Bir xonada yashirilgan 16 nafar bola qutqarildi

Bir xonada yashirilgan 16 nafar bola qutqarildi

AQSHning Ogayo shtatida dahshatli holat fosh etildi. Hamden qishlog‘idagi xaroba uydan qariyb to‘rt yil davomida bitta xonada saqlangan 16 nafar bola qutqarib olindi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, yoshi 1,5 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning barchasi bir oilaga mansub. Ular nihoyatda og‘ir sharoitda yashagan, ayrimlari gapira olmagan, 18 yoshli nogiron qiz esa hatto o‘z ismini yozishni ham bilmagan.

Huquq-tartibot idoralari bolalarni boshqa jinoyat bo‘yicha o‘tkazilgan tintuv chog‘ida aniqlagan. Voqea yuzasidan ota-onasi hamda ikki nafar buvi va bobosiga bolalarni xavf ostida qoldirish bo‘yicha 16 ta ayblov qo‘yildi.

Qutqarilgan bolalarning bir qismi shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan ikki nafari og‘ir ahvolda tibbiy markazga yetkazilgan bo‘lib, bir bola sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, oila yillar davomida bolalarni davlat nazoratidan yashirib kelgan va ularni maktabga yubormagan. Hozirda barcha bolalar davlat himoyasiga olingan, holat yuzasidan tergov davom etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar