Qozog‘istonda qariyb bir million jarima bekor qilinadi

Qozog‘istonda qariyb bir million jarima bekor qilinadi

Qozog‘istonda Konstitutsiya qabul qilinganining yubileyi munosabati bilan e’lon qilingan amnistiya doirasida 1 millionga yaqin ma’muriy jarima bekor qilinadi, shuningdek, 16,5 mingdan ortiq fuqaro jinoiy javobgarlik va jazodan ozod etiladi yoki ularga nisbatan jazo yengillashtiriladi.

Bu haqda Zakon.kz ma’lum qildi.

Mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, amnistiya asosan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etgan, yetkazilgan zararni qoplagan yoki jamiyat uchun katta xavf tug‘dirmaydigan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Ayrim mahkumlarning esa qolgan jazo muddati qisqartiriladi.

Bundan tashqari, Qozog‘iston tarixida ilk bor ma’muriy amnistiya ham joriy etilmoqda. Uning doirasida umumiy qiymati 17 milliard tengedan ortiq bo‘lgan jarimalar bekor qilinishi ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, korrupsiya, terrorizm, ekstremizm, jinsiy jinoyatlar, giyohvand moddalar savdosi, mast holda avtomobil boshqarish va boshqa og‘ir huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslar amnistiyadan foydalana olmaydi.

Ma’muriy jarimalar avtomatik tarzda bekor qilinadi va buning uchun fuqarolardan qo‘shimcha murojaat talab etilmaydi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar