Germaniyada Aleksandr Pushkinning bronza haykali sirli ravishda yo‘qoldi

Germaniyada Aleksandr Pushkinning bronza haykali sirli ravishda yo‘qoldi

Germaniyaning Gemer shahrida rus shoiri Aleksandr Pushkinning bronzadan yasalgan haykali noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Rossiyaning Germaniyadagi elchixonasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, balandligi qariyb 1,8 metr bo‘lgan haykal 1994 yilda Rossiyaning Shyolkovo shahri tomonidan Gemerga sovg‘a qilingan. U ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik timsoli sifatida shahar markaziga o‘rnatilgan edi.

Dastlab haykalning o‘rnida faqat metall mahkamlagichlar qolganini mahalliy aholi payqab qolgan. Politsiya o‘g‘rilik 26–27 iyun kunlari oralig‘ida sodir etilganini taxmin qilmoqda.

Rossiya elchixonasi voqeadan xavotir bildirar ekan, haykalni o‘g‘irlagan shaxslar tez orada aniqlanib, yodgorlik o‘z joyiga qaytarilishiga umid bildirdi.

Ayni paytda Germaniya huquq-tartibot organlari hodisa yuzasidan tergov olib bormoqda. Hozircha gumonlanuvchilar va o‘g‘irlik sabablari haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar