Ulug‘bek Qodirov kutilgan “Xonimey” qo‘shig‘ini taqdim etdi (video)

Ulug‘bek Qodirov kutilgan “Xonimey” qo‘shig‘ini taqdim etdi (video)

O‘zining yoqimli ovozi va ijodiy ishlari bilan muxlislar mehrini qozongan Ulug‘bek Qodirov yangi musiqiy loyihasini taqdim etdi.

Aktyorning “Xonimey” nomli yangi taronasi kecha, 1 iyul kuni soat 19:00 da premera qilindi. Qo‘shiq e’lon qilinishi bilanoq ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

“Xonimey” — muhabbat, sog‘inch va samimiy tuyg‘ularni tarannum etuvchi romantik tarona bo‘lib, uning har bir satri tinglovchini o‘yga toldiradi. Qo‘shiqning ohanglari qalbning eng nozik torlarini chertib, sevgan insoniga bag‘ishlangan iliq tuyg‘ularni yodga soladi.

Ulug‘bek Qodirov nafaqat xonanda, balki aktyor sifatida ham tomoshabinlarga yaxshi tanish. Muxlislar yangi tarona munosabati bilan san’atkorni tabriklab, uning ijodiga omad va ulkan zafarlar tilashmoqda.

Ma’lumot uchun, “Xonimey” qo‘shig‘i matni Eldor Qayumov qalamiga mansub bo‘lsa, musiqasini Jamshid Gafarov bastalagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar