Muqaddas Sa’dullayeva turmush o‘rtog‘i haqida kutilmagan gaplarni aytdi

Muqaddas Sa’dullayeva turmush o‘rtog‘i haqida kutilmagan gaplarni aytdi

Turmushga chiqqanidan keyin kino sohasidan biroz uzoqlashgan aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva oilaviy hayoti, turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlari, qizining kelajagi, xonanda Rayhonga bo‘lgan muxlisligi hamda aktrisa Shahzoda Muhammedova bilan do‘stligi haqida samimiy fikrlarini bildirdi.

Turmush o‘rtog‘i romantik emasdi, ammo vaqt o‘tib o‘zgargan

Shlyapa kiygan erkak va qizil beret kiygan ayol studiyada yonma-yon jilmayib turibdi.

Aktrisaning aytishicha, u farzandlariga mehribon ona bo‘lishga harakat qiladi. Biroq har qanday ona kabi ba’zi paytlarda sabri tugab, ularni qattiqroq tarbiyalashga ham to‘g‘ri keladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i qattiqqo‘l inson emas, ammo bolalar otasining bir qarashi bilangina tinchlanib qoladi.

Muqaddas Sa’dullayeva oilasida mehr va erkalash bilan katta bo‘lganini eslab, turmushga chiqqanining dastlabki yillarida bu borada qiynalganini ham yashirmadi.

— Oilamda meni juda erkalab katta qilishgan. Turmush o‘rtog‘imning oilasida esa mehr va munosabat boshqacharoq bo‘lgan. Avvaliga kam erkalashardi, bu esa menga og‘ir botardi. Keyinchalik turmush o‘rtog‘im menga mehr va e’tibor muhimligini tushundi. Hozir kech bo‘lsa-da, meni erkalab turadi, — dedi aktrisa.

«Qizim aktrisa bo‘lishini istardim»

Suhbat davomida aktrisa qizi Sa’diya haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Uning aytishicha, qizi ijtimoiy tarmoqlarda turli videolar suratga olishni yaxshi ko‘radi va san’atga qiziqishi sezilib turadi.

— Qizimning iqtidori bor. Hozircha u kichik, shuning uchun qiziqishlariga to‘sqinlik qilmaymiz. Agar kinolarga taklif qilishsa, hozir qatnashishiga qarshi emasmiz. Lekin katta bo‘lganida dadasi rozi bo‘lmasligi mumkin. Men esa aktrisa bo‘lishini xohlardim. Men ko‘rmagan imkoniyatlarni u ko‘rsin. Biroq hozirning o‘zida u dizayner bo‘lishni ham orzu qilyapti, — dedi Muqaddas Sa’dullayeva.

Shahzoda Muhammedova bilan do‘stligi qanday boshlangan?

Bayramona libosdagi uch ayol sahnada jilmayib turibdi.

Aktrisa Shahzoda Muhammedova bilan tanishuv tarixi ham qiziq kechganini aytib berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ota-onasi uni shifokor bo‘lishini istagan. Ammo qondan qo‘rqqani uchun psixologiya yo‘nalishida tahsil olgan. Bir kuni onasi film suratga olish jarayoniga taklif qilinganida, nabira rolini Shahzoda Muhammedova ijro etayotganini bilib, uni ko‘rish va tanishishni juda xohlagan.

— Onam meni ham syomkaga olib borgan. U yerda «Shahzoda, bu mening qizim Muqaddas, ikkalangiz dugona bo‘linglar», deb tanishtirgan. Shu kundan beri qalin dugonamiz. Shu paytgacha hech qachon qattiq urishmaganmiz. Faqat oilalarimiz bilan band bo‘lganimiz uchun ba’zan uzoq vaqt ko‘risholmay qolamiz, — dedi u.

«Rayhonni yoshligimdan yaxshi ko‘raman»

Muqaddas Sa’dullayeva Instagram sahifasidagi videolaridan birida eng sevimli xonandasi Rayhon ekanini ham aytgan.

Qora kostyumdagi erkak va oq libosdagi hijobli ayol bino ichida yonma-yon turibdi.

Aktrisaning ta’kidlashicha, turmush o‘rtog‘i uning qiziqishlari va hissiyotlarini hurmat qiladi hamda bu borada hech qanday qarshilik bildirmaydi.

— Turmush o‘rtog‘im mening ichki hissiyotlarimga qarshi emas. Nega buni ommaga aytyapsan, deb ham aytmaydi. Yoshligimdan Rayhonni ham, Shahzodani ham juda yaxshi ko‘raman. Qo‘shiqlarini ham yoddan bilaman. Turmush o‘rtog‘im ham buni tushunadi. Hamma o‘z oilasi bilan baxtli yashasin, — dedi Muqaddas Sa’dullayeva.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar