63 yoshli ayol ilk bor farzandli bo‘ldi

Ozarbayjonda 63 yoshli ayol 38 yillik farzand kutish orzusidan so‘ng ilk bor ona bo‘ldi. Bu haqda tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori Natig Maxarramov ma’lum qildi.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, ayol uzoq yillar davomida davolanish kurslarini o‘tagan va zamonaviy tibbiyot yordami bilan nihoyat sog‘lom farzandni dunyoga keltirishga muvaffaq bo‘lgan.
Natig Maxarramov ushbu holatni tibbiyotdagi muhim yutuqlardan biri sifatida baholab, ona va chaqaloqning salomatligi yaxshi ekanini qayd etdi. U yangi tug‘ilgan chaqaloq va uning onasiga sog‘lom va baxtli hayot tiladi.
Mazkur voqea Ozarbayjonda keng muhokamalarga sabab bo‘lib, ko‘plab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu hodisani haqiqiy mo‘jiza sifatida baholamoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…