O‘zbekiston pasporti global reytingda qaysi pog‘onani egalladi?

O‘zbekiston pasporti global reytingda qaysi pog‘onani egalladi?

“Global Passport Index” xalqaro reytingining navbatdagi natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston pasporti dunyo reytingida 123-o‘rindan joy oldi.

Reyting mualliflari ta’kidlashicha, O‘zbekiston fuqarolari Xitoy, BAA, Belarus, Armaniston, Ozarbayjon, Andorra, Antigua va Barbuda hamda Barbados kabi qator davlatlarga vizasiz yoki chegarada viza rasmiylashtirish orqali kirish imkoniga ega. Biroq AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Yaponiya va yana 90 dan ortiq mamlakatga safar qilish uchun oldindan viza olish talab etiladi.

Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston 107-o‘rin bilan eng yuqori natijani qayd etdi. Undan keyin Qirg‘iziston (127-o‘rin), Tojikiston (140-o‘rin) va Turkmaniston (144-o‘rin) joylashgan. Afg‘oniston esa 197-o‘rin bilan reytingning eng quyi pog‘onasidan o‘rin oldi.

Shuningdek, indeksda O‘zbekiston mobillik bo‘yicha 129-o‘rin, investitsiyaviy jozibadorlik bo‘yicha 89-o‘rin, hayot sifati ko‘rsatkichi bo‘yicha esa 119-o‘rinda qayd etildi.

Jahon reytingida esa Shvetsiya yetakchilikni qo‘lga kiritgan. Kuchli uchlikdan Shveysariya va Finlyandiya o‘rin olgan bo‘lsa, keyingi pog‘onalarda Germaniya, Niderlandiya hamda Daniya joylashgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar